Bolalar hisobi

Sharh

Bolalar hisobidan Brazuer 22.11.0 Va keyingi versiyalarida foydalanish mumkin. Agar hisobni ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, Brauzerni yangilang va qayta ishga tushiring.

Nima uchun kerak

Bolalar hisobi bilan farzandingiz Brauzerda nimani ko‘rishi mumkinligini nazorat qilishingiz va uni nomaqbul kontentdan himoyalashingiz mumkin.

Bolalar hisobida:

  • Yandex xizmatlari kontentni yoshga qarab taklif qiladi. Oilalar shaxsiy kabinetida yosh cheklovlarini o‘rnating.

  • Qidiruv natijalaridan shahvoniy mazmundagi materiallar (hatto so‘rov bunday resurslarni topishga qaratilgan bo‘lsa ham), shuningdek, behayo so‘zlarni qamrab olgan saytlar butunlay chiqarib tashlanadi.

  • Musiqa xizmati matnida nomaqbul so‘zlar mavjud taronalarni berkitadi.

  • Filmlar qidiruvi avtomatik ravishda Bolalar rejimiga o‘tadi, u yerda yosh va tomosha vaqti cheklovlarini belgilash mumkin.

  • Bola hisobdan chiqa olmasligi uchun hisobdan chiqishda undan ota-onaning telefoniga yuborilgan SMS kodni kiritish talab qilinadi.

  • Inkognito rejimini yoqish mumkin emas.

Yaratish

  1. Oilaviy hisob yarating.

  2. Oila sahifasiga kiring.

  3. Bolalar hisobini yaratish tugmasini bosing.

  4. Bolaning ismi va tavallud sanasini kiriting. Keyingisitugmasini bosing.

  5. Bolalar hisobi uchun login va parol o‘ylab toping. Keyingisitugmasini bosing.

  6. Hisobingizga biriktirilgan telefon raqamiga yuborilgan SMS xabardagi kodni kiriting.

  7. Hisob ma’lumotlarini tekshiring, yoshga oid cheklovlarni tanlang, talab qilinsa, oilaviy to‘lov kartasini ulang. Buni hisobni yaratgandan keyin ham qilish mumkin.

  8. Tayyor tugmasini bosing.

Bolalar hisobiga kirish uchun avtorizatsiya paytida uni tanlang.

Kattalar hisobiga aylantirish

Sharh

Shuningdek, kattalar hisobini bolalar hisobiga o‘zgartirishingiz mumkin. Bolalar hisobini kattalar hisobiga va aksincha o‘zgartirishni faqat oilaviy guruh administratori bajara oladi. Rollarni yo‘riqnoma orqali sozlashingiz mumkin.

Bolalar hisobini kattalar hisobga o‘zgartirishingiz ham mumkin. Bu amalni bolaning hisobida tasdiqlash zarur.

  1. Oila varag‘iga kiring.

  2. Guruh imkoniyatlari bo‘limida Rollar → Bolalar hisobini kattalar hisobiga aylantirish tugmasini bosing.

  3. Siz hisobini o‘zgartirishni xohlagan bolaning ismini bosing. Vaqtincha xotiraga havoladan nusxa olinadi. Uni bolaga yuboring.

  4. Bolalar hisobiga kiring va olingan havolani bosing.

  5. Bolalar hisobini kattalar hisobiga almashtirishni tasdiqlang.

Bu muhim

Odatda bolaning hisobiga ushbu hisobni yaratgan foydalanuvchining telefon raqami biriktiriladi va u bolalar hisobi kattalar hisobiga o‘zgartirilganda saqlanib qoladi. Bu raqamni hisobdan foydalanishni boshlagan foydalanuvchining raqamiga almashtiring, shunda xavfsizroq bo‘ladi.

Boshqa oilaviy guruhga o‘tkazish

Siz boshqa oilaviy guruhdagi bolalar hisobini o‘z guruhingizga o‘tkazishingiz mumkin. Bu amalni bolaning hisobida va SMS xabardagi kod yordamida tasdiqlash zarur. Kod ushbu bolalar hisobini yaratgan foydalanuvchining telefon raqamiga yuboriladi.

  1. Oila varag‘iga kiring.

  2. Oilaviy guruh bo‘limida Yaqin kishingizni taklif qilish tugmasini bosing.

  3. Taklif qilish usulini tanlang:

    • Havolani ulashish. Bolaga yuborilishi kerak bo‘lgan havoladan vaqtincha xotiraga nusxa olinadi. Bolalar hisobiga kiring va olingan havolani bosing va taklifni qabul qiling.
    • SMS yoki xat yuborish. Bolaning hisobiga biriktirilgan elektron pochta manzilini kiriting. Unga oilaviy guruhga taklifnoma keladi, uni qabul qiling.
  4. Bolaning hisobini yaratgan foydalanuvchining telefon raqamiga bolaning hisobini o‘tkazishni tasdiqlash kodi yozilgan SMS keladi. Boshqa oilaviy guruhga taklifni qabul qilish uchun SMS xabardagi kodni kiriting.

Bu muhim

Odatda hisobni yaratgan foydalanuvchining telefon raqami bolaning hisobiga biriktiriladi va u bolalar hisobini oilalar orasida o‘tkazishda saqlanadi. Bu raqamni almashtirish afzalroq — shunda xavfsizroq bo‘ladi.

Yordam xizmatiga yozish